Neymarni oladigan bormi? Uni beshta klubga taklif qilishdi

  • 18 fevral, 2023, 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan jahon futbolidagi eng qimmat transfer sohibi Neymarni sotib yubormoqchi.

Tecno

Evropa matbuotining yozishicha, vositachilar braziliyalik yulduzni Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishini tashkil qilmoqchi.

Xususan, agentlar 31 yoshli hujumchi xizmatlarini “Chelsi”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl”ga taklif qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Parij klubi Neymarni 2017 yili  transfer qilgan. O‘shanda Frantsiya grandi “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan.

Neymarning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. Biroq, PSJ o‘ta katta maosh olayotgan o‘yinchidan imkon qadar tezroq qutilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!