
Neymarga yangi ustoz topildi. U Shomurodovning jamoasida ishlagan
PSJ rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Tomas Tuxel o‘rniga klubning sobiq futbolchisi Tyago Mottani olib kelishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda germaniyalik murabbiy va klub rahbarlari o‘rtasida sovuqchilik bor. Bunga bir tomondan jamoa Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kirita olmagani, ikkinchi tarafdan Tuxel klub rahbariyatini tanqid qilgani sabab bo‘lmoqda.
38 yoshli Tyago Mottaning oxirgi ish joyi “Jenoa” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar