Neymar Vinisiusning g‘alabasiga qanday fikr bildirdi?

  • 18 dekabr, 2024, 12:22
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Hilol"ning braziliyalik hujumchisi Neymar Vinisius Juniorni FIFAning "The Best" marosimida 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

Tecno

Futbolchi o‘z Instagram sahifasida shunday fikrlar qoldirdi:

"Tabriklayman, Vini! Bu mukofotga munosibsan. Sen uchun chin dildan xursandman. To‘xtab qolma va shu yo‘lda davom et"

2023/2024 yilgi mavsumda Vinisius "Real Madrid" bilan Ispaniya chempionati, Ispaniya Superkubogi, shuningdek, Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi. Vinger barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 24 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, "The Best" marosimi kecha 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!