
Neymar va Mbappe o‘rtasida yana ziddiyat kelib chiqdi
PSJujumchilari Neymar va Kilian Mbappe hech kilisha olmayapti. Chempionlar ligasida “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ikki yulduz o‘rtasida yana ziddiyat vujudga keldi.
L’Équipe nashrining ma’lum qilishcha, Mbappening maydondagi harakati va qarorlari braziliyalik futbolchini g‘azablantirgan.
Xususan, Neymar o‘yin vaqtida Mbappe uning bo‘sh darvoza qarshisida turganini ko‘rib to‘pni uzatmay o‘zi zarba berganidan va qulay imkoniyat barbod bo‘lganidan qattiq noroziligini bildirdi.
Uchrashuvdan keyin klub mutasaddilari Neymardan matbuot anjumanida qatnashishni so‘ragan.
Braziliyalik futbolchi: “Bunga aminmisizlar? Agar men hozirgi holatda jurnalistlar bilan gaplashsam, bu katta muammolarni keltirib chiqaradi”, deb anjumanda qatnashishdan bosh tortgan.
L’Équipe jurnalistlari Neymar va Mbappega yuzma-yuz gaplashib, o‘zaro munosabatni ochiq qilib olishni tavsiya qilishmoqda.
Mazkur uchrashuvda parijliklar turinliklar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. G‘alabani Mbappening ikki goli ta’minladi.
Fikrlar