
Neymar sobiq klubiga qaytishi mumkin
"Al-Hilol" jamoasi hujumchisi Neymar "Santos"ga qaytib kelishi mumkin. Bu haqda "Deadlinedaylive" nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Braziliya klubi hujumchini 6 oyga ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga klub uni to‘liq sotib olishga ham tayyor.
Avvalroq, futbolchiga AQShning "Chikago Feyr" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Neymar "Santos" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2013 yilgacha shu klubda to‘p tepgan.
Fikrlar