
Neymar "Santos"ga qaytyapti...
"Al-Hilol" futbolchisi Neymar Braziliyaga qaytmoqda. U "Santos"da faoliyatini davom ettiradi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar og‘zaki kelishuvga erishdi. Faqatgina "Al-Hilol" shartnomani tekshirishib olishi kerak bo‘ladi. Kelasi hafta bu amalga oshadi.
Neymar esa allaqachon "Santos"ga qaytishga rozilik bergandi, deydi jurnalist. Ushbu transfer 6 oylik ijara bo‘lishi kutilmoqda. Futbolchi esa tug‘ilgan kunida o‘z debyutini nishonlashi haqida Braziliyada mish-mishlar bor.
Junior aynan shu klub akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2013 yilda jamoani tark etadi va "Barselona"ga borib qo‘shiladi. Kataloniyadan esa 2017 yilda PSJga ko‘chib o‘tadi...
Fikrlar