
Neymar Ronalduning izidan bormoqda
PSJ hujumchisi Neymar parijliklar safida yana ikkita to‘p kiritsa, hamyurti Romario va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu natijasini takrorlaydi. Har ikki futbolchi faoliyati davomida uchtadan klubda 100 tadan ortiq gol urgan.
Romario o‘z vaqtida “Vasko de Gama”, PSV va “Flamengo”da yuzlik dovondan o‘tgan. Krishtianu Ronaldu jsa “Real”, “Yuventus” va “Manchester Yunayted”da yuztadan ko‘p to‘p kiritgan.
Neymar professional futbolchilik faoliyatini boshlagan “Santos” safida 223 ta uchrashuvda 136 marotaba, “Barselona”ga ko‘chib o‘tganidan keyin 186 ta o‘yinda 105 ta gol muallifi bo‘ldi. Besh mavsumdan beri parijliklar sharafini himoya qilayotgan braziliyalik hujumchi hozirgi jamoasida 140 marotaba maydonga tushib, 98 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Endi u bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi futbolchiga aylanishi uchun yana ikkita aniq zarba kerak bo‘ladi.
Neymar Braziliya terma jamoasi safida 117 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 71 gol yozdirib qo‘ygan. Yana olti marta to‘p kiritsa, terma jamoa uchun ko‘p gol urish bo‘yicha futbol qiroli Pele bilan tenglashib oladi.
Fikrlar