Neymar Ronalduni ortda qoldirdi. Yaqqol etakchi — Messi

  • 1 avgust, 2022, 17:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha, yakshanba kuni PSJ “Nant” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, Frantsiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuvda Neymar dubl muallifiga aylandi. “Globo” nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik forvard bu natija orqali final uchrashuvlarida gol urish borasida Krishtianu Ronalduni ortda qoldirgan.

Tecno

Hozirgacha Neymar 35 ta finalda ishtirok etgan va 21 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Krishtianu Ronaldu ham 35 ta final uchrashuvida qatnashgan, biroq portugaliyalik hujumchi 20 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Bu borada yaqqol etakchi Lionel Messi hisoblanadi. Argentinalik 46 marta final uchrashuvlarida qatnashgan bo‘lib, 32 bor raqib darvozabonini xafa qilishni uddalagan.

Ma’lumot o‘rnida, 6 avgust, shanba kuni PSJ Frantsiya chempionati 1-turi doirasidagi “Klermon”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!