
Neymar qachon safga qaytadi?
Saudiyaning "Al-Hilol" klubi hujumchisi Neymar maydonga qaytganidan so‘ng yangi jarohat oldi. Jamoa ustozi Jorje Jezush braziliyalik futbolchining jarohati haqida fikr bildirdi.
"Neymar ikki hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Uning tizzasi tuzalib ketgan, ammo u avvalgi o‘yindagi kabi muammolarga duch kelmoqda. Mushaklar bilan bog‘liq muammolar bor, chunki u ko‘pdan beri maydonga tushmagandi", - deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirdi "Lequipe" nashri.
Neymar tizzasidagi xochsimon payi yirtilgani sababli bir yildan ko‘proq vaqt davomida kasalxonada maydonga tushmadi. 32 yoshli futbolchining Saudiya klubi bilan mehnat shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar