Neymar Puma'ning yuziga aylanadi

  • 12 sentabr, 2020, 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ forvardi Neymar tez orada Germaniyaning Puma kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Esporte Interativo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

28 yoshli braziliyalik futbolchi shunchaki shartnoma imzolamaydi, u kompaniyaning yuziga aylanadi. Neymar o‘zining Instagram sahifasida Puma’ning rasmiy akkauntiga obuna bo‘lish orqali yaqinda imzolanadigan bitimga shama qildi.

Neymar uzoq yillar davomida AQShning Nike kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. Ular o‘tgan oy o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomani bekor qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!