
Neymar PSJda qolishi mumkin. Chunki...
PSJ forvardi Neymar yangi mavsumni ham parijliklar safida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha hech bir klub 27 yoshli braziliyalik futbolchiga jiddiy xaridor bo‘lmayapti va shu sababli u jamoada qolishi mumkin.
Hozircha Neymarning transferi bo‘yicha faqatgina "Barselona" va "Real" Frantsiya chempioni bilan muzokaralar o‘tkazgan xolos. Kataloniyaliklar Neymar evaziga Ivan Rakitich va Filippe Koutinoni, madrdidliklar esa Garet Beylni taklif qilishgan. Biroq, PSJ ushbu transfer ortidan mo‘may pul ishlab olishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarni 2017 yil “Barselona”dan 222 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar