
Neymar Parijdan ketib, Kataloniyaga qaytishi mumkin
PSJning qatarlik rahbarlari futbolchi Neymarning jamoadan ketishini xohlamoqda. Ular brazilning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lmoqda.
“Sport“ nashrining xabar berishicha, vinger ko‘p marotaba boshqa klub vakillari bilan muloqotga kirishgan. Katta ehtimol, u “Barselona“ vakillari bilan bog‘langan.
30 yoshli iqtidor sohibi ham Kataloniyaga qaytish niyatida. U Parijni tark etishga qarshi emas.
Ma’lumot o‘rnida, Neymar joriy mavsum Liga 1ning 13 o‘yinida 4 gol va 3 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar