
Neymar “noziklashib” qoldi endi uni ayab o‘ynatishadi
Braziliyaning “Santos” klubi rahbariyati jamoaning eng yorqin yulduzi Neymarga alohida munosabat ko‘rsatmoqda. Endi 32 yoshli futbolchi jamoasining hamma uchrashuvlarida qatnashishi shart emas.
Jornal A Tribuna nashrining ma’lum qilishicha, bundan buyon Neymar sun’iy qoplamali maydonlarda bo‘ladigan o‘yinlarga jalb qilinmaydi. Chunki bu turdagi maydon o‘yinchining salomatligi uchun xavfli hisoblanadi.
Sun’iy qoplamali maydonda o‘ynash Neymarning oyoqlarida, ayniqsa, bo‘g‘im va tizzalarida og‘riq hissini kuchaytirmoqda va bu jarohatga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Neymar shu yilning boshida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi bilan kelishuvni bekor qilib, qadrdon klubi “Santos”ga ko‘chib o‘tgandi. Tajribali hujumchi shu kunga qadar jamoasi uchun 22 ta uchrashuvda oltita gol va uchta assist qayd etdi.
Fikrlar