
Neymar jamoa tanlashda bir qarorga keldi
Neymar keyingi paytda frantsuz matbuoti va parijlik muxlislarning tanqidlariga nishon bo‘lmoqda.
PSJ rahbariyati ham bir necha marotaba braziliyalik yulduzni sotib yuborishga urindi. Kelasi yoz ham bu masala yana ko‘tariladi.
Get French Football News nashri 31 yoshli hujumchi PSJdan hech qayoqqa ketmaslikka qaror qilgani haqida yozmoda. Neymar shartnomasi tugagunicha, ya’ni 2025 yilning yozigacha PSJ sharafini himoya qilmoqchi.
2017 yili “Barselona”dan rekord summa – 222 million evroga transfer qilingan Neymar yiliga 50 million evroga yaqin maosh oladi. Uning talablarini qondiradigan jamoalar ko‘p emas.
Fikrlar