Neymar Braziliya terma jamoasiga 2025 yilgacha qaytmaydi!

  • 31 oktabr, 2024, 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar 2025 yilgacha terma jamoaga chaqirilmaydi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, tizzasidan olgan og‘ir jarohati tufayli bir yil maydonga tusha olmagan Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytishi mumkin edi, ammo Federatsiya futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qildi. 32 yoshli futbolchi kelasi yilning mart oyida Kolumbiya (20 mart), keyin esa Argentinaga (25 mart) qarshi o‘yinlarda yana terma jamoa libosini kiyishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Venesuela (14 noyabr) va Urugvay (20 noyabr) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Pentakampionlar o‘z qit’asida JCh-2026 saralashida 10 ta o‘yin o‘tkazdi va 16 ochko jamg‘arib, jadvalda 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!