
Neymar “Barselona”ga qayta olmagandan keyin hayotida ro‘y bergan 15 voqea
Neymar "Barselona"ga qaytishi haqida gaplar bolalagan edi. Aslida barcha klublarda o‘ynab ketishi muammo bo‘lmaydigan futbolchi, "Barsa"ga qayta olmay nimalarga erishdi, shu haqda gaplashamiz.
3-sentabr: Yana Parijda qoladigan bo‘ldi. Xafa bo‘ldi, nima qilishini bilolmadi.
“Barselona” prezidenti Bartomeu qishki transferlarda ham Neymarni jamoaga olib kelib bo‘lmasligni aytib o‘tdi.
- Biz bu mavzuga qayta olmaymiz. PSJ juda katta summa talab qilayapti. Neymar jamoani tark etishni xohlayotganini bilgandik. Shunday vaqt bo‘ldiki, PSJ sport direktori Leonardo biz va boshqa jamoalar bilan muzokara olib borishga tayyor edi. Ammo biz kelisha olmadik. PSJning talabi juda yuqori edi.
Bir qancha mashhur futolchilarning (jumladan Messi va Ronalduning ham) biografiyalarini yozgan journalist Gilem Balage BBC nashriga bergan intervyusi:
- Neymar parijliklar safida 100% baxtsiz edi. Bitta sababi: hakamlar. Ular Neymarga ishlatilgan qo‘polliklarga befarq qaradi. Masalan, “Strasbur” himoyachisi Neymarga nisbatan 3 marta fol ishlatdi. Har biri sariqqa tortardi. Ammo hakam himoyachini ogohlantirmadi. O‘sha o‘yinda Neymar jarohat oldi va bir necha oyni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Yana Neymarga muxlislarning munosabati yoqmadi (Kubok finalidan keyin bir muxlisni turtib yuborgandi) + Kavani bilan kelisha olmadi (penaltini kim tepish mashmashasi), + jamoadagi ruhiyatning pastligi, g‘alabalarga chanqoq emasligi yoqmadi.
“Barselona” Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan so‘ng, Pike, Messi va Suarez Neymarga president bilan bo‘lgan suhbatni, uning Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun jamoani kuchaytirish va Neymarni qaytarish va’dasi haqida aytishdi. Braziliyalik futbolchi qaytish istagida yonishni boshladi.
“Barsa” etakchilari futbolchini jamoaga qaytishini juda ham xohlashdi. Masalan, Messi uni o‘zidan keyin qoladigan lider bo‘lishini aytgandi. Pike esa, uni qaytishi uchun futbolchilar maoshi kamaytirilishiga ham roziligi haqida gapirib o‘tgandi.
Bartomeuning o‘zi esa Neymarning qaytishi yaxshi g‘oya ekanligiga shubha qildi, undan tashqari judayam qimmat narxga. Shuning uchun Balagening fikriga ko‘ra, Bartomeu transfer uchun harakat qilmadi deyarli. Bor-yo‘g‘I bir marta rasmiy taklif bilan chiqdi.115 mln+15 mln bonus va 3 ta futbolchi. PSJ bu futbolchilar Rakitich, Todibo (bunga Bartomeu ham rozi bo‘ldi) va Dembele bo‘lishini istadi. Dembeleni eshitgandan keyin “Neymar kerak emas, rahmat” degan bo‘lsa kerak Bartomeu. Klublar 130 mlnga kelishishi mumkin edi, lekin PSJ 150 mln so‘radi. Neymar bu summaning bir qismini o‘zi to‘lashga ham rozi edi. Ammo Liga 1 qoidalariga ko‘ra bu mumkin emasdi. Shu tariqa muzokaralar to‘xtadi.Shunday xulosa qilish mumkinki, ikkala jamoa ham bu transfer bo‘lishini xohlashmadi.
Neymar transfer bo‘lish ehtimoli kamligini tushunib etdi va ortiqcha gap-so‘zlarsiz yozning oxirida PSJ bazasiga qaytdi. U PSJdagi eng og‘ir mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagandi. Sport direktori Leonardo va murabbiy Tuxel ham futbolchin qo‘llab-quvvatladi.
7-sentabr: jarohatidan so‘ng Braziliya terma jamoasi safida maydonga tushdi.
Neymar 3 oydan so‘ng maydonga qaytdi. Braziliyaning Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Gol ham urdi, assistentlik ham qildi. U iyun oyida jarohat olgandi va Amerika Kubogi musobaqasini ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
12-sentabr: Neymarning otasi: “O‘g‘lim “Barsa”da baxtli edi.”
- Neymar qaerda baxtli bo‘lsa, o‘sha erda o‘ynashni istaydi. U “Barselona”da baxtli edi. – dedi Katta Neymar
14-sentabr: PSJ safida maydonga tushdi. Tribunada unga nisbatan xushtakbozlik. Qaychi uslubida gol urdi.
U maydonga tushdi. Tribunadagilar xushtakbozlik, haqoratlar, har xil bannerlarda unga qarshi protestlar bilan kutib olishdi. Natijada, o‘sha o‘yin oxirida Neymar qaychi uslubida g‘alaba golini kiritdi. Bu juda ajoyib bo‘ldi.
O‘yindan so‘ng jurnalistlarga intevyusida:
- Bu juda achinarli. Endi har bir uy o‘yini men uchun xuddi mehmondagidek o‘tadi. Muxlislar xushtakbozlik qilishdan ko‘ra, 90 daqiqa davomida futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Meni ularga aytadigan gapim yo‘q. Ular maydonga jamoani qo‘llash uchun kelishadi va o‘z istaganlarini qilishadi. Qachonki, muxlislar qo‘llab tursa, PSJ kuchliroq bo‘ladi. PSJda 25 ta futbolchi bor. Ularning barchasi xushtakbozlikka arziydigan futbolchilar emas.
22-sentabr: Yana bir g‘alaba golini urdi.
Bu safar “Lion” darvozasiga. Bu safar u shunchaki oddiy emas, top-klassdagi futbolchi ekanligin ko‘rsatib qo‘ydi. Yozdagi bo‘lib o‘tgan voqealar unutilgandek. Endi tribuna uni olqishlay boshladi. Jamoadoshlari ham uni ruhlantirib turdi. U hammasin unutib, jamoa g‘alabalariga hissa qo‘shishi uchun qo‘llaridan kelganini qilishdi.
25-sentabr: Mavsumdagi eng yomon o‘yinini o‘tkazdi.
PSJda hammasi yaxshi ketayotgandek bir pallada, “Reyms”dan mag‘lubiyatga uchradi. Neymar o‘sha o‘yinda umuman ko‘rinmadi.
3 kundan so‘ng Bordo shahrida juda qiyin o‘yin kutib turgan edi. Ammo mag‘lubiyatdan so‘ng Neymar juda muhim ish bilan Barselonaga uchib ketdi.
26-sentabr: Neymar “Barselona” sudi uchun Kataoniyaga tashrif buyurdi.
Juda qisqa: Futbolchi 2016-yil shartnomani uzaytirgandagi bonus pullarini jamoa to‘lab berishini talab qildi. Shartnomaga ko‘ra, birinchi mavsumdan so‘ng futbolchiga 40 mln to‘lanishi kerak edi. 22 mlnni olgan. Qolgan 18 mlnni kutayotgan edi. “Barselona” esa bu pullarni to‘lashni istamagan edi.
Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi Kataloniyada bo‘lgan, lekin sudda qatnashmagan. Ispan nashrlari xabariga ko‘ra, futbolchining Barselonaga kelishdan maqsadi – jamoa rahbariyati bilan gaplashib olish edi. Sudga buni aloqasi yo‘q.
28-sentabr: Yana g‘alaba golini kiritdi.
Endi esa “Bordo” darvozasiga. Keyin yana bitta to‘p “Anje” darvozasiga kiritdi. Yuqori formada: 5 o‘yinda 4 ta gol (3 tasi g‘alaba goli).
Neymar Chempionlar Ligasidagi o‘yinlarni diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. O‘tgan mavsumda “MYu” bilan o‘yindan keyin Damir Skominani haqorat qilgani sabab chetlatilgan edi.
10-oktabr: Terma jamoadagi 100-o‘yinini o‘tkazdi. 101-sida esa jarohat oldi.
27 yoshli futbolchi uchun 100 ta o‘yin yaxshi natija. Undan ko‘p o‘yin o‘tkazganlar:
Kafu – 142 o‘yin
Roberto Karlos – 125 o‘yin
Dani Alvesh – 116 o‘yin
Lusio – 105 o‘yin
Klaudio Taffarel – 101 o‘yin
Neymar – 100 o‘yin.
3 kundan so‘ng Neymar Taffarel bilan tenglashib oldi va 5-o‘ringa chiqdi. Nigeriyaga qarshi o‘yinning 12-daqiqasida jarohat oldi va maydonni tark etdi.
21-oktabr: “Oltin to‘p” uchun 30 talik nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmadi.
France Football topshiradigan mukofot nomzodlar qatoriga nima uchun Neymar kiritilmaganiga sabab qilib bularni ko‘rsatishdi:
-4 marta jarohat oldi. (ChL va Amerika Kubogini muhim o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.)
- Hakamni haqorat qildi va ChL o‘yinlaridan chetlatildi.
- Fransiya Kubogi finalini boy berdi va tomoshabinni turtib yubordi.
- “Barsa”ga o‘tish bilan bog‘liq mashmashalar va PSJ bilan kelib chiqqan konflikt.
22-oktabr: PSJdagi 63-o‘yinni o‘tkazib yubordi. Futblochining PSJ uchun bitta o‘yini 1 mln evro turadi.
Jurnalistlar PSJning “Bryugge”ga qarshi o‘yinidan so‘ng (5-0) Neymarning maydondagi o‘yinlari va jarohat sabab o‘tkazib yuborgan o‘yinlari soni teng ekanligini hisoblab chiqishdi. “Marsel”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaganidan so‘ng, LeParisian nashri uning har bir o‘yini 1 mn evroga teng ekanligini yozib chiqishdi.
8-noyabr: Trenajor zalida Maykl Jeksonga taqlid qilib ko‘rdi.
Neymar PSJ mashg‘ulotlariga qaytdi va o‘z ustida ishlashni boshladi. Baribir sheriklari uning ustidan kulishiga sabab topildi. Bunga Neymarning o‘zi qo‘yib berdi.
20-noyabr: Pike va Alba bilan birga Madridda tennis tomosha qildi.
Devis Kubogi Neymarning e’tiborini tortdi. Karen Xachanovga qarshi Rafael Nadal o‘ynayotgan edi. O‘yinning bir qismini Alba va Pike bilan, bir qismini esa braziliyalik sheriklari bilan tomosha qildi. Bu narsa esa Tomas Tuxelga yoqmadi.
- Men nima qila olishim mumkin? Men uning otasi yoki politsiya emasman, shunchaki uning murabbiyiman, xolos. Neymar qaytganidan so‘ng, mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatdi. To‘g‘ri, murabbiy sifatida bundan noroziman, ammo uni boshini qotirgim yo‘q bu masalada.
22-noyabr: Maydonga qaytdi.
64 daqiqa maydonda bo‘ldi. Lekin o‘zini ko‘rsata olmadi. Umuman zarba berolmadi.
Tuxel: Neymarning omadsiz o‘yini meni xavotirga solmaydi. Men undan ko‘p narsa kutmagandim. Chunki u 6 hafta o‘yin amaliyotisiz qoldi. Zahiraga olinayotganda to‘g‘ri kiyim almashtirish xonasiga ketdi? Ko‘p futbolchilar shunaqa qiladi. Men hatto, bu narsani ko‘rmadim ham, chunki o‘yinga qarash bilan band edim.
26-noyabr: “Real”ga qarshi o‘yinga tayyor
“Real”ga qarshi o‘yinga tushdi. Oxirgi marta Chempionlar ligasida 2018-yil 11-dekabrda maydonga tushgan edi.
Fikrlar