
Neymar barchasini qaytadan boshlashga tayyor
Bugun tunda Braziliya terma jamoasi futbolchisi Neymar Parijga etib keldi. Bu haqda paridliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Neymar PSJning navbatdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Neymar bilan birga markaziy himoyachi Markinos ham klub ixtiyoriga qaytdi.
PSJ Frantsiya chempionatidagi navbatdagi o‘yinini 28 dekabr kuni o‘z maydonida "Strasbur"ga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi JCh-2022da chorak final bosqichida Xorvatiya yutqazib, mundialni erta tark etdi. Ko‘plab manbalar "pentakampeon"larni kubokni yutish uchun asosiy favorit hisoblayotgandi.
Fikrlar