
Neymar: Argentinaga muxlislik qilaman, chunki...
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar bugun Amerika kubogining yarim finalidan o‘rin olgan Peruga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirar ekan, finalga Argentina terma jamoasi chiqishini istashini aytdi.
“Men Argentinani finalga chiqishini istayman. Men ularga muxlislik qilaman, chunki u erda mening ko‘plab do‘stlarim bor. Finalda esa Braziliya g‘olib chiqadi”, - dedi Neymar.
Messi etakchiligidagi Argentina yarim finalda Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.
Braziliya yashil maydonlarida o‘tayotgan Amerika kubogining final o‘yini 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.
Fikrlar