
"Neftchi"ning Turkiyaga yo‘l olgan tarkibi hamda raqiblari ma’lum
Xabaringiz bor, yangi mavsumga tayyorgarlik borasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" futbol klubi kecha Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketgandi.
Manzilga etib borgan jamoa a’zolari mehmonxonaga joylashishganidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida ilk mashg‘ulotda qatnashishdi. Bugun ham bir mahal mashg‘ulot o‘tkazgan “Neftchi” ertadan boshlab kuniga ikki mahaldan shug‘ullanishga kirishadi.
Antaliya shahrida olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida jamoa 4 ta nazorat-o‘rtoqlik bahslarida ishtirok etadi.
28 yanvar
"Neftchi" — KF LLAPI (Kosovo)
2 fevral
"Neftchi" — "Fakel"(Rossiya)
6 fevral
"Neftchi" — "Chernomorets" (Ukraina)
9 fevral
"Neftchi" — "Shinnik"(Rossiya)
Turkiyadagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar:
Akbar To‘raev, Mashhur Muhammadjonov, Shuhratillo Rahmonov, Muhsin Ubaydullaev, Abdulloh Olimov, Husniddin G‘ofurov, Izzatilla Abdullaev, Ulugbek Xoshimov, Sunnatullo Abdullajonov, Husniddin G‘ofurov, Mirzohid G‘ofurov, Sherzod Karimov, Oybek Qilichev, Lutfulla To‘raev, Umar Adhamzoda, Shodiyor Hojimatov, Sirojiddin Qo‘ziev, Doniyor Narzullaev, Darko Stanoevich, Daniel Stoykovich, Aleksandr Eshich.
Shuningdek, hozirgi kunda O‘zbekiston (U-18) terma jamoa yig‘iniga jalb etilgan "Neftchi" (U-18) yoshlar jamoacining iste’dodli yarim himoyachisi Fahriddin Muhammadjonov 27 yanvar kuni Turkiyaga yo‘l olib, “Neftchi” ixtiyoriga qo‘shiladi.
"Neftchi" matbuot xizmati.
Fikrlar