
"Neftchi"ga yutqazgan "Buxoro" bu safar "So‘g‘diyona"ga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi
Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan “Buxoro” klubi yaqinda “Neftchi”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushib 0:2 hisobida yutqazgandi. Bugun esa Hakim Fuzaylov shogirdlari “So‘g‘diyona” bilan o‘rtoqlik bahsida ishtirok etishdi.
Jangovar kechgan bahsda ikkala jamoada ham golli imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Ammo hech bir klubga darvozani ishg‘ol etish nasib qilgani yo‘q va shu tariqa uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.
"Buxoro" tarkibi: Nikola Stoshich, Bobur Omonov, Jasur Hasanov, Obid Jo‘raboev, Anvar Jo‘raev, Jamoliddin Ubaydullaev, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Rustam Abduhamidov, Oleg Marchuk, Shavkat Salomov, Ro‘zimboy Ahmedov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Shoxjahon Nasimov, Mirjalol Jumaev, Bekzod Saidov, Suhrob Ne’matov, Sardor Sulaymonov, Firdavs Asadov, Sardor Eminov, Shavkat Nurmuhammedov, Sardor Mahmudov, Umar Mardonov.
Fikrlar