
"Neftchi" ikkinchi bo‘limni o‘zgarish bilan boshladi
Ayni paytda Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Birinchi taymda darvozalar ishg‘ol qilinmadi.
Ikkinchi taym boshida mehmonlar tarkibida o‘zgarish amalga oshirildi. Shoxruz Norxonov o‘rniga Bilolxon Toshmirzaev maydonga tushdi.
Norxonov jarohat olgan bo‘lishi ham mumkin. Birinchi taym so‘nggida unga nisbatan Azim Ahmedov qo‘pol o‘ynagandi.
Fikrlar