"Neftchi" ertaga tanishtiruv marosimi o‘tkazadi

  • 11 mart, 14:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi ertaga yangi futbolchilarni tanishtiradi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi. 

Tecno

"Ertaga, 12 mart chorshanba kuni "Neftchi" futbol klubi o‘z an’anasiga ko‘ra, yangi mavsum  oldidan tanishtiruv marosimini o‘tkazadi. Taqdimot marosimi Farg‘ona shahridagi "Islom Karimov" nomidagi san’at  saroyida bo‘lib o‘tadi. Tadbirda "Neftchi" jamoasining barcha futbolchi va murabbiylari tanishtiriladi.

Marosim soat 11:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirga barcha OAV vakillarini, shuningdek "Neftchi" jamoasining faxriy va jonkuyar muxlislarini taklif etib qolamiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!