"Navruz Cup-2022". "Maykl Ouendan bunday ta’rifni eshitish yoqimli, bo‘lajak uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz" - O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan qirg‘izistonlik hujumchining munosabati

  • 23 mart, 2022, 15:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

25 mart kuni Namanganda “Navruz Cup-2022” xalqaro kichik turniri boshlanishidan xabaringiz bor. Nihoyat, bugun barcha ishtirokchi jamoalar shaharda jam bo‘ldilar.

Tecno

Yon qo‘shnilarimizdan biri hisoblanmish Qirg‘iziston terma jamoasi “Navruz Cup-2022” musobaqasiga kelishdan avval Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi. Aleksandr Krestinin boshchiligidagi qirg‘izistonliklar 25 mart kuni  "Navbahor" stadionida O‘zbekiston termasiga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda ular bo‘lajak bahsga tayyorlanishyapti. Raqib safida etakchi o‘yinchilar ham bor. 29 mart kuni 32 yoshni qarshilaydigan hujumchi Mirlan Murzoev Qirg‘iziston terma jamoasining asosiy hujumchisi hisoblanadi. Futbolchi Hindiston chempionatida “Chennayn” klubi sharafini himoya qiladi. U Qirg‘iziston terma jamoasi tarkibida 2009 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Bungacha futbolchilik faoliyatini Qirg‘izistondan tashqari Rossiya, Isroil, Turkiya, kabi chempionatlarda ham o‘tkazgan.

Terma jamoa bosh murabbiyining ushbu hujumchidan ham umidi katta. Murzaev bo‘lajak o‘yin oldidan ayrim savollarga javob qaytardi.  

- Bu yilgi mavsumni Hindiston chempionatida o‘tkazdingiz. U erdagi birinchilik va jamoalarning saviyasi qanaqa?

- U erdagi saviya u qadar yomon emas. Hatto, yaxshi desam ham bo‘laveradi. Tashkilotchilik, maydon, umumiy olib qaraganda chempionat saviyasi chakki emas.

murzaev1

- “Chennayn” klubi muxlislarining yoqimtoyiga aylandingiz. Keyingi mavsumda ham u erdagi faoliyatingizni davom ettirasizmi?

- Mavsum so‘nggida har bir jamoa o‘zining moliyaviy hisob-kitoblarini qilishadi va shunga qarab yangi o‘yinchilar bilan shartnomalar tuziladi. Ko‘ramiz, yaxshi shartnoma taklif qilishadigan bo‘lishsa, bu variantni ko‘rib chiqishga tayyorman. Balki boshqa klubdan ham taklif bo‘lib qolishi mumkin.

murzaev3

- Maykl Ouen sizning golingizga munosabat bildirgandi. Bundan xabaringiz bormi? Qanday qabul qildingiz?

- Ha, u jahondagi kuchli hujumchilardan biri bo‘lgan. Ouenni juda hurmat qilaman. Doim gollar urib yurgan. Albatta, bu darajadagi top-o‘yinchidan bunday ta’rifni eshitish juda yoqimli. Endi urgan golimga kelsak, albatta yo‘llagan zarbamni bunday ketishini kutmagandim. Haqiqatan chiroyli gol urdim va bu golim bilan jamoamga uch ochko keltirganimdan xursandman.

murazev

- Bu yil Qirg‘iziston terma jamoasi uchun mas’uliyatli bo‘ladi. Buni qanchalik sezyapsiz? Muxlislar jamoadan maksimal natija kutishyapti...

- Nafaqat bu yil, balki terma jamoada o‘ynashning o‘zi katta mas’uliyatni talab qiladi. Nimagaki, agar terma jamoada bo‘lsangiz butun javobgarlikni his qilasiz. Chunki butun xalq sizdan g‘alaba kutayotgan bo‘ladi. Bu erda nafaqat o‘zingni, balki butun xalqning sha’nini himoya qilasan. Maydonda ham, maydondan tashqarida ham javobgarlikni his qilasan.

murzaev2

- O‘zbekiston terma jamoasi sizlarga noqulay raqib. Bo‘lajak uchrashuvdan nimani kutyapsiz?

- Har yili har bir mamlakat, har bir futbolchi saviya jihatidan bir joyda to‘xtab qolmasligi kerak. Bizda ham yaxshi saviyadagi o‘yinchilar mavjud. Qozog‘iston, Rossiya va boshqa chempionatlarda o‘ynaydigan tajribali futbochlilar mavjud. Bo‘lajak uchrashuvda yaxshi o‘yin namoyish etib, oxirigacha kurashamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!