
"Navbahor"ning vodiy derbisidagi o‘yiniga chiptalar sotuvga chiqdi. Barcha sektorlar uchun bir xil narx qo‘yildi
Superliga 3-turida “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” bahsi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu bellashuv uchun chiqarilgan chiptalar sotuvga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 30 000 so‘m etib belgilangan.
Joriy mavsumning Namangandagi ilk “vodiy derbisi” 17 mart kuni soat 18:30da start oladi.
Fikrlar