"Navbahor"ning "Mumbay Siti"ga qarshi bahsi uchun chipta xarid qilgan muxlislarga sovg‘a bor

  • 1 oktabr, 2023, 11:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi (OChL)ning 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Mumbay Siti” (Hindiston) o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionidagi barcha kassalarda sotilmoqda.

Tecno

Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 100.000 ming so‘m etib belgilangan.

Ta’kidlash joizki, har bir chipta xarid qilgan muxlisga bittadan “Navbahor” logotipi tushirilgan kepka qo‘shib beriladi.

Chiptalarni faqatgina "Markaziy" stadioni kassalaridan xarid qiling.
Boshqa shaxslardan chipta sotib olib, qalbaki chiptalarga aldanib qolmang!

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Mumbay Siti” bahsi 3 oktyabr kuni soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!