"Navbahor"ni kubok doirasida o‘ta jiddiy raqib kutib turibdi

  • 6 aprel, 2022, 14:43
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" safarda “Qizilqum” klubi mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Mazkur jamoalarning Superligadagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu klublar 44 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lgan. Ushbu bahslarda “Navbahor” 17 marta, “Qizilqum”  esa 14 marta g‘alaba qozongan, 13 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik namanganliklar tomonida -  56–46.

O‘zaro o‘yinlarda “Navbahor” 64, “Qizilqum” esa 55 ochkoni qo‘lga kiritgan. Namanganliklarning navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 4:0 bo‘lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi natijasi 3:0 ga teng.

O‘zbekiston kubogi bahslarida esa ushbu jamoalar 2003 yilgi mavsumda 1/8 finaldan o‘rin olgan o‘yinda o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. Navoiydagi uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, Namangandagi javob bahsida “Navbahor” 4:2 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.                 

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 6 aprel kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:00 da start oladi.

Navbahor” PFK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Kamalov
06/04/2022 14:44
Кизилкум-Навбахор 1:4
Abduvakhob Mutalipov
06/04/2022 14:51
Yozishdan avval Alloh nasib qilsa deb yozadi. Yana bilmadimu teskarisiga aylanib ketmasin birodar