"Navbahor"dan mag‘lubiyatga uchragan "Oq-tepa" murabbiyi: Keyingi o‘yinda, poytaxt derbisida "Olimpik"ni yutamiz

  • 22 aprel, 2021, 21:52
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" O‘zbekiston kubogi guruh bosqich birinchi turida o‘z maydonida "Oq-tepa"ni qabul qildi va 3:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi Alisher Shog‘ulomov ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi taymda to‘p nazorati biz tomonda bo‘ldi. Keyinchalik esa jamoalar saviyasidagi farq sezildi, penaltidan so‘ng gol o‘tkazib yubordik. Qolgan vaziyatlarda futbolchilarning xatosi pand berdi.

Braziliyalik futbolchimizda kichik jarohat bor edi, o‘yinoldi mashg‘ulot payti uning jarohati o‘z so‘zini aytdi. Shuning uchun uni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Birinchi bo‘limda bizda hisobni ochish uchun imkoniyat bo‘ldi, ammo undan foydalana olmadik. Tarkibimizda ro‘za tutgan futbolchilar ham bor edi, ularga buni taqiqlashga haqqimiz yo‘q, albatta. Keyingi o‘yinda, poytaxt derbisida "Olimpik"ni yutamiz, - dedi Alisher Shog‘ulomov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
22/04/2021 22:35
Туя Хамомни озу қилганэкан Олмалиқ Агмкния? Майли орзуга айб йўқ ўз олдига катта мақсад қилиб интилса интилигентлик бўлса буни йомон жойи йўқ