“Navbahor”da ishlagan Kanchelskis ser Aleks Fergyusonni haqorat qilganini tan oldi

  • 19 noyabr, 2020, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”dan iste’foga chiqarilgan rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskis futbolchilik davrida “Manchester Yunayted”da o‘ynaganida jamoa bosh murabbiyi ser Aleks Fergyusonni haqorat qilganini tan oldi.

Tecno

“Manchester Yunayted” ga har gal, chet ellik futbolchi kelganida kiyim almashtirish xonasida uni so‘kinishga o‘rgatishadi. Bu holat Rossiyada ham bor. Braziliyadan kelgan futbolchilarga shunday qilishganini ko‘rganman. Menga futbolchilar “Manchester Yunayted” bosh murabbiyiga qanday murojaat qilish to‘g‘ri bo‘lishini o‘rgatib qo‘yishlarini aytishdi. Fergyuson birinchi marta menga duch kelganida “Salom Andrey, ishlaring qalay?”, - degan edi. Men esa, tabassum bilan “Ko‘zimga ko‘rinma, shotlandiyalik ablah”, deb javob qaytarganman, - deb eslaydi Kanchelskis.

Ma’lumki, Kanchelskis 1991-1995 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan va jami 128 ta uchrashuvda qatnashib, 31 ta gol va 13 ta golli pas muallifi bo‘lgan.

“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi sirni ochib qo‘ydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!