
"Navbahor" o‘z maydonida Qirg‘iziston klubiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazadi
Yangi mavsumga qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan “Navbahor” jamoasi futbolchilari 3 fevral kuni xalqaro nazorat-sinov o‘yinida maydonga tushishadi. Raqib Qirg‘izistonning Osh shahri sharafini himoya qiluvchi “Alay” klubi bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, Namangandagi “Markaziy” stadionida tashkil etiladigan mazkur bahs soat 12:00 ga belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, “Navbahor” 2021 yilgi mavsum davralar oralig‘ida ham “Alay” bilan nazorat o‘yini o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongan va o‘sha uchrashuvda “lochinlar”ning gollariga Boyan Tsiger va Igor Golban mualliflik qilishgandi.
"Navbahor" matbuot xizmati.
Fikrlar