
“Navbahor” nazorat bahsida Rossiya klubiga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi
Turkiyaning Belek shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan “Navbahor” bugun navbatdagi nazorat o‘yinini Smolenskning “Krasniy” klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda Rossiyaning uchinchi divizioni vakili 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Arcadia Sport Center" bazasida kechgan bahsning 34-daqiqasida Kirill Volchkov hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobida yakunlandi. Tanaffusdan keyin “Krasniy” yana ikki bor “Navbahor” darvozasini ishg‘ol qildi.
Mazkur uchrashuvda No‘’mon Hasanov avvalgi o‘yinlarda maydonga tushmagan futbolchilar, shuningdek, ko‘rikdan o‘tayotganlarni ham sinovdan o‘tkazdi.
Fikrlar