
"Navbahor" murabbiyi jamoani tark etdi
Joriy mavsum boshida "Navbahor" safiga serbiyalik jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Aleksa Boshkovich kelib qo‘shilgandi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Boshkovich jamoani tark etgan. Shu bois u klubning oxirgi o‘yinlarida ko‘rinish bermayapti.
Aleksa Boshkovich murabbiylik faoliyati davomida “Metalak” (Serbiya), “Nankin Siti” (Xitoy), “Al-Batin” (Saudiya Arabistoni), “Kazma SK” (Quvayt), “Vista” (Rossiya) va “Botev Plovdiv” (Bolgariya) klublarida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlagan.
Bundan tashqari, Germaniyaning “Ayntraxt” klubida Catapult mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.
Fikrlar