"Navbahor" etakchisi faoliyatini Rossiya klubida davom ettiradi

  • 2 noyabr, 2022, 00:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning Metaratings.ru sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, "Navbahor" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini "Rubin"da davom ettiradi.

Tecno

Futbolchi qozonliklar bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi. Ashurmatov yangi klubi safiga qishda erkin agent maqomida borib qo‘shiladi. 

ashurmatoov

Rustam joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan. 26 yoshli fulbek o‘z vaqtida "Kvanju", "Kanvon" va "Bunyodkor" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Leonid Slutskiy boshchiligidagi "Rubin" Birinchi Ligada 16-turdan keyin 27 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!