"Navbahor" Davron Hoshimov va Ro‘zimboy Ahmedov bilan qarzdorlikni bartaraf etdi

  • 24 aprel, 2019, 10:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan bir necha kun muqaddam PFL klublarni qarzdorlik masalasida jiddiy ogohlantirgani va ularga ushbu muammolarni bartaraf etish uchun muddat bergani haqida xabar bergan edik.

Tecno

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasi orqali "Navbahor" klubi bu borada deyarli masalani hal qilganini ma’lum qildi.

"Navbahor" futbol klubi sobiq a’zosi Davron Hoshimov bilan hisob-kitob qildi.

Klub O‘zPFL tomonidan qo‘yilgan muddat ichida talabni bajardi.

Xullas, tomonlar o‘zaro bitta narx ustida to‘xtalgan va oxirida futbolchi nachora qabilida kelishuvga rozi bo‘lgan. Endi uning “Navbahor”ga e’tirozi yo‘q.

Klubda faqatgina bitta futbolchining masalasi ochiq turibdi. Uchinchi futbolchi masalasi esa boshi berk ko‘chada ko‘rinadi. Eski muammolar sabab. Bu borada jamoa yaqin soatlar ichida rasmiy xat bilan chiqadi.

“Sho‘rtan” klubidan esa tez kunlar ichida 3 ochko olib tashlansa kerak", - deb yozadi Imomxo‘jaev o‘z xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!