
“Navbahor” bosh murabbiyi premer-liganing markaziy o‘yiniga baho berdi
“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiya premer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan TsSKA va “Lokomotiv” o‘rtasidagi uchrashuvga o‘z munosabatini bildirdi.
- Uchrashuv yaxshi bo‘ldi va menga yoqdi. Dastlabki yarim soatda TsSKA raqibiga umuman imkoniyat bermadi va “Lokomotiv” hech qanday vaziyat yarata olmadi. TsSKAning o‘yini yoqdi. Vaziyatlar yaratildi, hujumlar bo‘ldi, lekin “armiyachilar” gol ura olmadi. “Lokomotiv” esa imkoniyatidan unumli foydalandi va keyin ham xavfli vaziyatlar yarata oldi. Umuman olganda, jamoalar bir biriga munosib o‘yin ko‘rsatdi.
“Lokomotiv”, hali o‘z o‘yinini topa olgani yo‘q va qaysi sxemada to‘p surishni bilmayapti. Bu g‘alaba “temiryo‘lchilar” uchun juda kerak va muhim edi. TsSKAga achindim, lekin bu futbol, unda shunday bo‘lib turadi, - dedi Andrey Kanchelskis.
TsSKA maydonida o‘tkazilgan poytaxt derbisida Fyodorov tomonidan kiritilgan yagona gol “Lokomotiv”ning kichik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Fikrlar