
"Navbahor" "Andijon"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshladi. Etakchilar esa yo‘q!
Xabaringiz bor, Coca Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Andijon” mehmoni bo‘ladi. “Lochinlar” mazkur o‘yinga tayyorgarlikni bugundan boshlashdi.
Jamoa a’zolari bugungi mashg‘ulotni Viktor Jalilov boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida “Markaziy” o‘yingoh maydonida o‘tkazishdi.
Mashg‘ulotda O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga jalb etilishgani bois, tajribali futbolchilar – darvozabon O‘tkir Yusupov va himoyachi Davronbek Hoshimov, Tojikiston termasi yig‘iniga chaqirilgani sababli, mahoratli yarim himoyachi Ehsoni Panshanbe, jarohatlari borligi bois, yarim himoyachilar - Islombek Isoqjonov hamda Quvondiq Ro‘ziev, milliy chempionatimizda yuzaga kelgan qisqa muddatli tanaffusdan foydalanib, ona yurti Rossiyaga jo‘nab ketgan tajribali himoyachi Igor Golban, shuningdek, biroz betobligi bois, darvozabon Rahimjon Davronov ishtirok etishmadi.
Jarohatdan keyingi tiklanish jarayonini olib borayotgan U-21 yoshlar jamoamiz darvozaboni Ulug‘bek Egamberdiev bugun yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazdi.
“Navbahor” matbuot xizmati.
Fikrlar