
"Nasaf" va "Sho‘rtan" bitta stadionda o‘ynaydi
Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "Sho‘rtan" klubi o‘z uy stadioni maydonini Liga talabi bo‘yicha ta’mirdan chiqarguniga qadar raqiblarini Qarshidagi "Markaziy" stadionida qabul qiladi. Bu borada har ikki klub o‘zaro kelishuvga erishdi.
Yangi mavsumga qur’a tashlanayotganda mazkur holat inobatga olinadi hamda "Nasaf" va "Sho‘rtan" o‘zaro juft jamoalar sifatida saralanadi. Bu esa har turda ulardan birining o‘z uyida, ikkinchisining esa safarda o‘yin o‘tkazishini kafolatlaydi.
Fikrlar