
“Nasaf” Rossiya klubi bilan kuch sinashdi
O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Nasaf” yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida turli klublar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham ishtirok etmoqda.
Qarshiliklar Antaliyadagi navbatdagi bahda Rossiya birinchi ligasi peshqadami “Baltika” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda hisobni Rubin Xebay ochdi.
Biroq hamyurtlarimizga g‘alabani ushlab qolish nasib qilmadi. O‘yin yakunlanishi arafasida kaliningradliklar vaziyatni tenglashtirdi.
“Nasaf” yangi mavsumni o‘z maydonida boshlaydi. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlar 9 martga belgilangan dastlabki turda o‘tgan yili chempionat sovrindori “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi.
Fikrlar