
"Nasaf" prezidenti bugungi g‘alaba bilan qashqadaryolik muxlislarni tabrikladi
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "ajdarlar" prezidenti Shuxrat Aslanov qashqadaryolik muxlislarni g‘alaba bilan muborakbod etdi.
"Sevimli “Nasaf” jamoamiz Toshkentda kechgan chempionlik yo‘lidagi asosiy bahsda g‘alaba qozondi. Shuningdek, jamoamiz O‘zbekiston kubogi bahslarida yarim finalda o‘z yurishini davom ettirmoqda.
Quvonarlisi shundaki, ayollar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Qarshining “Sevinch” jamoasi ham turnir jadvalida peshqadamlik qilish bilan birga, bugun mehmonda AGMK-W jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda 2:4 hisobida irodali g‘alabaga erishdi va yarim final bahslariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Vohamizning barcha futbol muxlislarini g‘alabalar bilan tabriklaymiz. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!", - dedi klub prezidenti.
Fikrlar