
"Nasaf" OChL 2'ni tark etdi
Bugun "Nasaf" OChL 2'ning 5-turidan o‘rin olgan "Quvayt SK"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Birozdan so‘ng boshlangan "Al-Hussayn" - "Shabab Al-Ahli" bahsida mezbonlar zafar quchganida, "ajdarlar"da pley-offga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan bo‘lardi.
Dastlab ikkita gol urgan iordaniyaliklar 3 bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi va taslim bo‘ldi.
Shu tariqa, "Shabab Al-Ahli" 10 ochko bilan birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkinchi pog‘onadagi "Al-Hussayn"da esa 9 ochko bor.
Fikrlar