
"Nasaf" murabbiyi "Paxtakor"da (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasida darvozabonlarning sobiq murabbiyi Denis Ivankov yana poytaxt jamoasiga qqaytdi.
O‘tgan yili aprel oyida “Nasaf” murabbiylar shtabidan o‘rin olgan tajribali mutaxassis "Paxtakor" klubida darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ish boshladi. U "sherlar"ning yaqindagi boshlagan yig‘inida ko‘rinish berdi.
Ivankov 2020 yilning yozida "Paxtakor"ga kelgan mutaxassis 2021 yilning boshida lavozimini tark etgandi. Shuningdek, Denis Ivankov 2013-2018 yillar oralig‘ida "Nasaf"da faoliyat olib borgan va shu vaqt ichida ko‘pgina darvozabonlarning etishib chiqishida o‘z hissasini qo‘shgan.
Fikrlar