“Nasaf” Evropa futboliga zo‘r to‘purar tarbiyalab bergan ekan!

  • 13 sentabr, 2022, 20:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorij mamlakatlarida to‘p tepayotgan futbolchilarimiz orasida eng yaxshi natijani Bobur Abduxoliqov qayd etib kelmoqda. Belarus chempionati oliy ligasida o‘ynayotgan qashqadaryolik hujumchi deyarli har bir uchrashuvda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilmoqda.

Tecno

Bugungi kunda hamyurtimizning xorij chempionatidagi o‘ynlari va gollari soni teng, ya’ni 20 tadan.

20220502165032

Statistika bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar o‘zbekistonlik o‘yinchining ko‘rsatkichlarini hisoblab bormoqda va unga ko‘ra 25 yoshli legionerimiz to‘purarlik borasida bir necha ahamiyatga molik natijalarga erishdi.

Xususan, Bobur “Energetik-BGU” tarixida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘tgan mavsumdagi ikki golini qo‘shib hisoblaganda milliy chempionatda jami 22 ta gol urgan  va bu ham rekord natija sifatida qayd etilgan.

Belarus chempionatida 2007 yildan beri hech bir futbolchi 20 tada va undan ortiq gol ura olmayotgan edi. Oxirgi marotaba bunday sermahsullikni o‘n besh yil muqaddam “Gomel” hujumchisi Roman Vasilyuk namoyish etgan. O‘shanda bu futbolchi raqiblar darvozasini 24 marotaba ishg‘ol qilgan.

Bobur Abduxoliqovda chempionatning qolgan 10 ta uchrashuvida yana beshta to‘p kiritib, Vasilyukdan o‘zib ketish imkoniyati bor.

Statistika mutaxassislar agar o‘zbek futbolchisi golli seriyasini davom ettirsa, mavsum oxirigacha bir necha rekordlarni yo‘qqa chiqarib, o‘z nomini Belarus futbol tarixiga yozdirib qo‘yishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Xususan, Vasilyukning natijasini ortda qoldirish, Boburga muammo tug‘dirmaydi. Agar buni uddalasa, Abduxoliqovning oldida yangi marra – Belarus  futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanish imkoniyati ochiladi.

Bu tarixiy natijani qayd etish uchun Bobur Abduxoliqov yana uch nafar to‘purarning ko‘rsatkichlarini yo‘qqa chiqarishiga to‘g‘ri keladi. Xususan, rossiyalik Sergey Davidov 2001 yili “Nyoman” jamoasida o‘ynab yurgan kezlari bir mavsumda 25 ta to‘p kiritgan.

Yuqorida nomi tilga olingan Roman Vasilyuk 2000 yili “Slaviya” safida 31 ta gol muallifi bo‘lgan.

Belarus chempionatidagi eng zo‘r natijani 1996 yili “Belshina” futbolchisi Andrey Xlebosolov qayd etgan. Bu hujumchi raqiblar darvozasini 34 marotaba ishg‘ol qilgani qayd etilgan.

Ko‘rinib turibdiki, “Nasaf” UEFA tarkibidagi milliy ligalarda ham ko‘p gol ura oladigan futbolchi tarbiyalagan. Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world saytidagi ma’lumotlarga qaraganda, Bobur qarshiliklar safida Superligada 102 ta uchrashuvda 37 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘lgan. Osiyo Chempionlar ligasi saralash turniri va final bosqichlarida to‘rtta, O‘zbekiston kubogida  bitta gol urgani yozilgan.

Ushbu portalda ma’lumotiga ko‘ra, Abduxoliqov klublar miqyosida jami 167 ta bahsda 73 ta gol hamda 11 ta assist muallifi bo‘lgan.

Bobur Abduxoliqov bir necha klublar nishonda turibdi. Unga yozda Rossiyaning “Sochi”, Germaniyaning “Gannover”, Turkiyaning “Gyoztepe”, Polshaning “Gurnik”, “Vidzev” va Shotlandiyaning o‘rtamiyona jamoalaridan biridan qiziqish bo‘ldi.

bye4b86021c4f

Turkiya va Polsha jamoalarining maqsadi va sharoiti Boburga to‘g‘ri kelgani yo‘q. “Sochi”ning qiziqishi taklifga aylanmadi. Shotlandlar xarajatdan qochdi. Hozircha, “Gannover” transfer masalasini qishda ko‘rib chiqish imkoni bo‘lishini ma’lum qilgan.

Abduxoliqov Saudiya Arabistoni va Qatardan bo‘lgan chorlovlarga Evropaning kuchli ligalariga o‘tmoqchiligini aytib, rad javobini bergan.

Legioner degani o‘zbeklarday bo‘ladi!

Shomurodovga bir qarab qo‘y, Mourino!

To‘purar legionerimiz Turkiya, Polsha, Qatar, Saudiya klublari taklifini rad etdi yoxud navbatda Germaniya jamoasi turibdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
RB
13/09/2022 08:59
Абдухоликов уз салохиятини бошка кучлирок чемпионатларда хам курсатиб узбек футболига булган этибор ортса бу Узбек футболист учун ютукдир.Бушашма ,ука .
&
Олға насаф
13/09/2022 08:47
Баракалла, Бобуржон. Албатта, чет элда фаолият кўрсатаётган ҳар бир спортчилар шунақа Ўзбекистон номини барчага танитиши керак.
TURDIYEV AKRAMJON
12/09/2022 20:25
Хар бир кулуб насафдан урнак олиш керак
Anvar Abduazizov
13/09/2022 21:17
Ilohim katta katta jamoalarda o‘ynab yurtimizni dunyoga tanitsin.
TURDIYEV AKRAMJON
12/09/2022 20:24
Хар бир кулуб насафдан
&
● 10 ●
12/09/2022 23:23
Лекин Узбекистон учун копейкалик фойдаси йук.
&
Олға насаф
13/09/2022 08:47
Фойдаси бор. Калта ўйламанг.