
"Nasaf" - "Quvayt SK": Jamoalar qanday liboslarda harakatlanishi ma’lum
Bugun Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" — "Quvayt SK" uchrashuvidan oldin ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Ertangi bellashuvda “Nasaf” to‘liq qizil rangli sport formalarida, mehmonlar “Quvayt SK” esa sariq va qora rangli liboslardan foydalanishi kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" - "Quvayt SK" bahsi ertaga soat 19:00da start oladi.
Fikrlar