“Napoli” ham yulduzlarini sotadi. Oladigan bormi?

  • 26 may, 2020, 10:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli”dan yangi shartnoma kutayotgan bosh murabbiy Jennaro Gattuzo jamoa tarkibini yangilashga kirishdi. Neapolliklar yulduzli davrlari ortda qolayotgan mashhur futbolchilaridan voz kechmoqda.

Tecno

Jamoadan ketadigan futbolchilar qatorida ko‘p jamoalar nishonida turgan himoyachilar Kalidu Kulibali va Favzi G‘ulom, yarim himoyachi Allan va hujumchi Arkadiush Milik nomi ham zikr etilmoqda. “Napoli” bu futbolchilar transferidan 200 million evro kutmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Kulibali “Liverpul”ga, Milik “Yuventus”ga o‘tishga yaqin. Allanni “Everton” ustozi Karlo Anchelotti kuzatmoqda. G‘ulomga “Marsel” xaridor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!