
"Napoli" stadioniga Maradona nomi berilishi mumkin
Neapol shahar kengashi a’zosi Karmi Sgambiti "Napoli" stadionini Diego Armando Maradona nomiga o‘zgartirishni taklif qilmoqda.
"Diego Armando Maradona millionlab neapolliklarga umid bag‘ishlagan. Ertaga sport ishlari komissiyasi bosh komissari Chiro Borello bilan "Napoli" arenasi, stadionga olib boruvchi asosiy yo‘l va uning atrofidagi maydonni Maradonaning sharafiga nomlash bo‘yicha suhbatlashib olaman. U bunga loyiq", - deydi Neapol sport komissiyachi prezidenti va shahar kengashi a’zosi Karmi Sgambiti.
Eslatib o‘tamiz, Maradona "Napoli"da 10 raqamda to‘p surgan, klub miqyosida 2000 yildan buyon ushbu raqam muomaladan chiqarilgan.
Fikrlar