
"Napoli" prezidenti qaysi jamoa Osimxenni sotib olishga qurbi etishini aytdi
"Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis hujumchi Viktor Osimxenni qaysi klub sotib olishga qurbi etadi, degan savolga javob berdi.
“Bunday jamoa bitta, bu – PSJ. Agar ularning prezidenti Osimxen uchun 200 million evro to‘lashga tayyor bo‘lsa, undan so‘ng nima bo‘lishini ko‘ramiz. Ammo futbolchimiz jamoamizni tark etmasligiga ishonaman”, - deya de Laurentisning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
24 yoshli nigeriyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Napoli” safida barcha turnirlarda jami 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Osimxenning "Napoli" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Forvardning transfer narxi 120 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar