
"Napoli" prezidenti Kulibalini qanchaga sotishini ma’lum qildi
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis senegallik himoyachi Kalidu Kulibalini sotishga tayyorligini bildirdi.
"Kulibali – bizning afsonamiz, shu bois uni yo‘qotish men uchun oson bo‘lmaydi. Ammo, bu baribir sodir bo‘ladi. Biroq, hozir mening stolimda 90 million evrolik taklif yo‘q, shu bois bu borada gaplashadigan hech qanaqa gap yo‘q", - deydi De Laurentis.
Elatib o‘tamiz, 29 yoshli Kulibali uchun "Manchester Siti" asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda. Ammo, uning uchun kurashda "Manchester Yunayted" va PSJ klublari ham bor.
Fikrlar