
"Napoli" prezidenti: Insineni jamoada qolishga majburlay olmayman
"Napoli" klubi prezidenti Aurelio de Laurentis jamoa hujumchisi Lorentso Insinening kelajak faoliyati borasida gapirib o‘tdi.
“U hamisha ushbu klub libosiga nisbatan hurmatda bo‘lgan. Lekin, men uni jamoada qolishga majburlay olmayman. Uning vakillari Neapolda o‘tgan faoliyati davomida bir necha bor menga uni qo‘yib yuborishimni so‘rab murojaat qilishgan”, - deydi de Laurentis.
Ma’lumot uchun, Insine 2009 yildan buyon “Napoli” sharafini himo qilib kelmoqda.
Fikrlar