
"Napoli" kambek evaziga "Sampdoriya"ni taslim etdi (video)
Italiya A Seriyasining 11-turida “Napoli” o‘z maydonida “Sampdoriya”ni qabul qildi.
“Diego Armando Maradona” nomli stadionda kechgan o‘yin 2:1 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Irving Losano (53') va Andrea Petanya (68') gol muallifiga aylangan bo‘lsa, mehmonlarning golini Yakub Yankto (20') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharxini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar