
"Napoli" Ikardini sotib ololmasa, bor e’tiborini Belottiga qaratadi
"Napoli" klubi joriy transferlar davrida "Torino" forvardi Andrea Belottini sotib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar neapolliklar "Inter"dan Mauro Ikardini sotib olisholmasa, bor e’tiborlarini aynan 25 yoshli italiyalik futbolchiga qaratishadi.
O‘z navbatida turinliklar Belottini 60 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Belotti o‘tgan mavsum A Seriyada 37ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 15ta gol urishga erishdi.
Fikrlar