
"Napoli" Gattuzoning o‘rniga keladigan murabbiy bilan muzokaralarni boshlab yubordi
“Roma” va “Inter” klublarining sobiq ustozi Luchano Spalletti yangi mavsumdan boshlab yana A Seriyada faoliyat yuritishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, 62 yoshli italiyalik mutaxassisni “Napoli”ga chorlashmoqda. Tomonlar hatto bu borada muzokaralarni ham boshlab yuborishgan. Spalletti neapolliklardan yiliga 4 mln evro maosh so‘ramoqda.
Spallettining so‘nggi ish joyi “Inter” klubi bo‘lgan edi. U “neradzurrilar” bosh murabbiyligidan 2019 yilning mayida ketgan . Shundan buyon u ishsiz hisoblanadi.
Ayni damda “Napoli”ni boshqa bir italiyalik mutaxassis - Jennaro Gattuzo boshqarmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa A Seriya musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar